Pau Cubarsi'ning jarohati «Barselona»ga uchinchi muammo bo'ldi — Sport.es
«Barselona» himoyachisi Pau Cubarsi Ispaniya terma jamoasi safida mashg'ulot paytida jarohat oldi. Unga yuklamaning haddan tashqari ko‘pligi sababli son bo‘g‘imi sohasida muammo yuzaga kelganini Sport.es nashri ma'lum qildi.
Cubarsi 16-noyabr kuni klub shifokorlari nazorati ostida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu ushbu tanaffusdagi «Barselona» uchun Frenkie de Jong va Rafinyodan keyingi uchinchi muammo hisoblanadi.
16.11.2026, 14:05
· Manba: Championat
Fikr bildiring va muhokamaga qo'shiling